Узбек O'zbek
Italiya rekordini yangiladi
Dushanba, 09 Sentabr
3294

Italiya terma jamoasi 2020 yilgi Yevropa chempionatining saralash bosqichi doirasida Finlyandiya mehmoni bo‘lib, 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi. 

Shu tariqa, Italiya Yevropa chempionatlari uchun saralash turnirlaridagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 36 o‘yinga yetkazdi (27 g‘alaba, 9 durang), bu esa rekord hisoblanadi. 

Apennin yarim oroli terma jamoasi so‘nggi marta 2006 yilning 6 sentyabrida saralash bosqichi doirasida Fransiyaga mag‘lub bo‘lgandi (1:3). 

Roberto Manchini shogirdlari 7 uchrashuvdan iborat g‘alabali seriya ham qayd etmoqda, bunday yaxshi natija Italiya terma jamoasida 2003 yildan buyon kuzatilmagandi, 16 yil muqadadam Jovanni Trapattoni qo‘l ostida bo‘lgan jamoa ham shunday seriya qayd etgandi. 

Italiya saralash turnirida 6 o‘yinda g‘alaba qozongan holda 18 ochko bilan (to‘plar nisbati 18:3) J guruhida yetakchilik qilmoqda, Finlyandiya 12 ochko bilan ikkinchi o‘rinda joylashgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz