Узбек O'zbek
Depay qishda Italiyaga yo‘l olmoqchi
Dushanba, 09 Sentabr
3708

«Lion» yarimhimoyachisi Memfis Depay Fransiya chempionatini tark etmoqchi.

Calciomercato.com nashri ma’lumotiga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi yaqinda bergan intervyusida hozirgi klubida barcha narsadan qoniqayotganini aytgan bo‘lsada, u boshqa kuchliroq klub safiga yo‘l olishni istmoqda.

Depay uchun asosiy da’vogar sifatida «Milan» klubi nomi tilga olinmoqda, niderlandiyalik forvard qishki transferlar oynasida ushbu klub a’zosiga aylanishni mo‘ljallamoqda. Agar «Lion» futbolchini qo‘yib yuborishni istamasa, u o‘zini sotuvga qo‘yishni talab qilishi mumkin.

Depay PSV klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u 2015 yildan 2017 yilgacha «Manchester Yunayted» safida o‘ynagan, keyin «Lion» safiga o‘tgan. Fransiya chempionatining joriy mavsumida u 4ta o‘yinda maydonga tushib, 4 gol urdi va 1 golga uzatma berdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz