Узбек O'zbek
«Atletik»da 22 yil o‘tkazgan Susayeta Osiyo klubi a’zosiga aylandi
Dushanba, 09 Sentabr
2813

«Atletik» Bilbao klubidagi faoliyatini yakunlagan Markel Susayeta erkin agent sifatida Yaponiyaga keldi.

31 yoshli futbolchi «Gamba Osaka» klubi bilan shartnoma tuzgan, ammo hozircha kelishuvning barcha tafsilotlari ma’lum emas.

«Gamba Osaka» ayni vaqtda Yaponiya Jey-ligasida 14-o‘rinda bormoqda. 25 turdan keyin jamoa atigi 6 g‘alabaga erishgan, 10 o‘yinda durang o‘ynagan, 9 bor mag‘lub bo‘lgan va jami 28 ochko to‘plagan.

Susayeta «Atletik» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u bu klub tizimiga 1997 yilda kelgan. O‘tgan mavsumda ushbu futbolchi Ispaniya chempionatida 22 o‘yinda maydonga tushib, 1 gol urgan va 2 golga uzatma bergan.

Bilbaoliklar klubida Markel bir marta Yevropa Ligasi finalchisi va ikki marta Ispaniya Kubogi finalchisi bo‘lgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz