Узбек O'zbek
«Yuventus» sobiq himoyachisini murabbiylar shtabiga kiritmoqchi
Yakshanba, 08 Sentabr
2910

«Yuventus»ning sobiq yarimhimoyachisi Andrea Bardzali bosh murabbiy Mauritsio Sarriga yordamchilik qiladi.

Tuttosport nashrining yozishicha, Bardzali «Koverchano» murabbiylik maktabidagi kurslarni tugatgan va endi Turin klubining murabbiylar shtabiga qo‘shiladi.

Eslatib o‘tamiz, 38 yoshli italiyalik sobiq futbolchi faoliyatini 2019 yil may oyida yakunladi. U «Yuventus» tarkibida A Seriyada 206ta o‘yin o‘tkazgan va turinliklar bilan ketma-ket 8 marta Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz