Узбек O'zbek
«Yuventus» De Xeaning shartnomasi muddati tugashini kutmoqda
Yakshanba, 08 Sentabr
2916

«Yuventus» «Manchester Yunayted» darvozaboni David De Xeani o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Football Italia nashri ma’lumotiga ko‘ra, ispaniyalik darvozabon «MYU» bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan. Bu holda u mavsum yakunida erkin agentga aylanadi. Shu tufayli «Yuve» uni kelgusi yil yozida tekinga o‘z safiga qo‘shib olishga ko‘ndirmoqchi.

Tomonlar yanvar oyidayoq o‘zaro shartnoma bo‘yicha kelishib olishlari mumkin. Bu holatda «Keksa sinoralar» safini hozirgi asosiy darvozabon Voychex ensni tark etishiga to‘g‘ri keladi.

Ayni vaqtda 28 yoshda bo‘lgan David De Xea joriy mavsumda «MYU» safida 4 o‘yin o‘tkazib, jami 4 gol o‘tkazdi va bir o‘yinda jamoasi darvozasi daxlsizligini saqladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz