Узбек O'zbek
«Napoli» Mertens bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas
Yakshanba, 08 Sentabr
1380

«Napoli» hujumchisi Dris Mertens mavsum yakunida jamoani erkin agent sifatida tark etishi mumkin.

Mertensning «Napoli» bilan hozirgi shartnomasi 2020 yil yoziga qadar tuzilgan. Corriere dello Sport nashri xabariga ko‘ra, neapolitanliklar belgiyalik futbolchiga yangi shartnoma taklif etishni rejalashtirmayapti.

32 yoshli forvardga Xitoy va AQSHdan, shuningdek, «Anderlext»dan takliflar bor.

A Seriyaning o‘tgan mavsumida Mertens «Napoli» uchun 35 o‘yinda maydonga tushib, 16 gol urgan va 11 golga uzatma bergan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz