Узбек O'zbek
Insine «Napoli» bilan shartnomani uzaytirishni xohlayapti
Yakshanba, 08 Sentabr
958

«Napoli» yarimhimoyachisi Lorenso Insine klubda qolishni rejalashtirmoqda.

Corriere dello Sport nashrining yozishicha, 28 yoshli futbolchining agenti Mino Rayola neapolliklar rahbariyatiga futbolchi bilan shartnomani uzaytirishni taklif qilgan.

Insine va «Napoli» o‘rtasidagi hozirgi kelishuv 2022 yilgacha mo‘ljallangan.

Italiyalik yarimhimoyachi bu mavsumni muvaffaqiyatli boshladi. U A Seriyaning 2 turida 2ta gol urdi va 2ta golga assistentlik qildi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz