Узбек O'zbek
«Barselona» Messiga bir umrlik shartnoma taklif qilmoqchi
Yakshanba, 08 Sentabr
3593

«Barselona» Lionel Messi bir umr jamoada qolishini istaydi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda. 

Messining kataloniyaliklar klubi bilan amaldagi shartnomasi 2020/21 yilgi mavsum yakuniga qadar tuzilgan. Argentinalik futbolchining shartnomasida u har mavsumning 30 iyuniga qadar klubni o‘z xohishi bilan tark etish huquqiga egaligi haqida band mavjud. 

Manba ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar klubi rahbariyati Messini tarkibda saqlab qolishni istaydi va forvardga bir umrlik shartnoma taklif qilishni rejalashtirgan. Ayni vaqtda bu borada faol muzokaralar olib borilmayapti, lekin «Barselona» prezidenti Xosep Mariya Bartomeu va Lionelning otasi Xorxe Messi doimiy aloqada bo‘lib turishibdi. 

Bundan avvalroq, Messi shartnomani istalgan vaqt buzish huquqidan foydalangan holda keyingi yil yozida «Nyuells Old Boyz» safiga o‘tmoqchiligi haqida xabar tarqalgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz