Узбек O'zbek
O‘zbekiston milliy jamoasi Iordaniyada mashg‘ulot o‘tkazdi – 9 sentyabrda Iroq bilan o‘yin bor
Shanba, 07 Sentabr
6313

O‘zbekiston milliy jamoasi Iordaniya poytaxti Ammanga yetib keldi, deb xabar beradi O‘FA.

6 sentyabr kuni bosh murabbiy Ektor Kuper qo‘l ostidagi futbolchilar Amman shahri futbol akademiyasida mashg‘ulot o‘tkazgan.

Eslatib o‘tamiz, 5 sentyabr kuni O‘zbekiston milliy jamoasi JCH-2022 saralashi guruh bosqichining 1-turida Falastinga 0:2 hisobida yutqazgan edi. 2-turda futbolchilarimiz dam oladi. 

Shu tufayli, FIFA kunidan unumli foydalanish maqsadida O‘zbekiston milliy jamoasi 9 sentyabr kuni Iroq milliy jamoasiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi. Bellashuv aynan Amman shahrida tashkil etiladi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz