Узбек O'zbek
O‘zbekiston futzal milliy jamoasi xalqaro turnirda Indoneziyani mag‘lub etdi
Shanba, 07 Sentabr
1240

O‘zbekiston futzal milliy jamoasi Indoneziyada o‘tayotgan «MNC Futsal Championship 2019» xalqaro musobaqasida ishtirok etmoqda.

Ikkinchi turda o‘zbekistonliklar Indoneziya milliy jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi turda O‘zbekiston milliy jamoasi Malayziyaning «KL Siti» klubini 9:0 hisobida yenggan edi.

8 sentyabr kuni hamyurtlarimiz Xitoy Taypeyi bilan o‘ynaydilar. Bu bahsdagi g‘alaba jamoaga musobaqa g‘olibligini taqdim etadi.

MNC Futsal Championship 2019
7 sentyabr, 2-tur
O‘zbekiston – Indoneziya 3:1
Gollar
: Davron Choriyev (2ta), Dilshod Rahmatov. 
O‘zbekiston:  Rustam Umarov, Ixtiyor Ropiyev, Sunnatilla Jo‘rayev, Husniddin Nishonov, Ilhom Hamroyev.
Zaxiradan tushganlar: Ravshan Eliboyev, Anasxon Rahmatov, Shahzodjon Sa’diyev, Davron Choriyev, Dilshod Rahmatov, Akbar Usmonov, Dilmurod Shavkatov, Mashrab Adilov, Dilmurod Jumayev.

8 sentyabr
10:00 O‘zbekiston – Xitoy Taypeyi

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz