Узбек O'zbek
Kapello: «Lukaku dunyo saviyasidagi futbolchi emas»
Shanba, 07 Sentabr
4771

Italiyalik mutaxassis Fabio Kapello «Inter» hujumchisi Romelu Lukaku imkoniyatlarini yuqori baholamadi.

«Lukaku – yaxshi futbolchi, u juda zo‘r harakatlanadi. U «Inter» tarkibida 2ta gol urdi, birini penaltidan, ikkinchisini darvozabonning xatosidan keyin. U maydonda foydasi tegadigan o‘yinchi, ammo dunyo saviyasidagi hujumchi emas. Aleksis Sanches buni osonlikcha isbotlay oladi» - deb Kapello so‘zlarini keltirmoqda Football-Italia.

Eslatib o‘tamiz, Lukaku yozda «Manchester Yunayted»dan «Inter»ga o‘tgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz