Узбек O'zbek
Dzyuba Rossiya milliy jamoasi tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi
Shanba, 07 Sentabr
3218

Rossiya milliy jamoasi hujumchisi Artyom Dzyuba Yevro-2020 saralash bosqichi doirasidan o‘rin olgan Shotlandiyaga qarshi o‘yinda (2:1) gol urdi.

Bu gol «Zenit» hujumchisi uchun milliy jamoadagi 21-gol bo‘ldi. Sport24'ning yozishicha, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha u Roman Pavlyuchenkoga yetib oldi va endi milliy jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Milliy jamoa to‘purarlari ro‘yxatida Aleksandr Kerjakov yetakchi sanaladi, uning hisobida 30ta gol bor. Ikkinchi o‘rinni esa Vladimir Beschastnix 26ta gol bilan egallab turibdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz