Узбек O'zbek
«Barselona» prezidenti Messining kelajagi haqida gapirdi
Shanba, 07 Sentabr
6047

«Barselona» prezidenti Xosep Mariya Bartomeu hujumchi Lionel Messining 2021 yil yoziga qadar jamoa sharafini himoya qilishiga ishonmoqda.

«Ha, to‘g‘ri, Messi 2021 yilgacha «Barselona»ni tark etishi, faoliyatini yakunlashi yoki boshqa klubga o‘tishi mumkin. Xuddi shunday shartlar Xavi, Andres Inesta va Karles Puyol shartnomasida ham bor edi. 

Ammo xavotir olmayman, Leo «Barselona»ga shu qadar sodiq-ki, boshqa jamoaga o‘tishni hayoliga ham keltirmaydi. Shubham yo‘q, u 2021 yilda shartnomasi muddati tugasa ham jamoada qoladi», — deb Bartomeu so‘zlarini keltirmoqda Marca.

Avvalroq Messining 2020 yilda qadrdon klubi «Nyuells Old Boyz»ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz