Узбек O'zbek
Tite: «Neymar faqat ikki futbolchidan orqada»
Juma, 06 Sentabr
11231

Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Tite «PSJ» hujumchisi Neymar haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Neymar jarohatidan forig‘ bo‘ldi. Agar sog‘lom bo‘lmaganida milliy jamoaga chaqirmasdik. U bizga yordam berishga tayyor.

Braziliya milliy jamoasi gollarining 50 foizini Neymarning o‘zi urmoqda yoki uning yordamida urilmoqda. Jamoa unga muhtoj, u ham jamoaga muhtoj.

Texnika xislatlaridan kelib chiqsak, Neymardan yuqori ikki futbolchi bor – Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu. Ammo ular boshqa avlod futbolchilari. Keyingi avlodga esa Neymar va Eden Azar mansub. Neymarning Azardan yagona ustunligi – u g‘oyalarni maydonda tezroq tatbiq qila oladi», - dedi Tite.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz