Узбек O'zbek
«Real» qishda Eriksen bilan kelishuv tuzib qo‘ymoqchi
Juma, 06 Sentabr
1999

«Tottenhem» yarimhimoyachisi Kristian Eriksen kelasi yil yozda «Real»ga o‘tishi mumkin.

Sky Sports xabariga ko‘ra, madridliklar daniyalik futbolchining shartnomasi yakuniga yetayotganidan xabardor va uni qo‘lga kiritish harakatiga tushib qolishgan. 

«Real» qishdayoq Eriksen bilan og‘zaki kelishib olmoqchi va yozda uni bepul qo‘lga kiritmoqchi.

Avvalroq 27 yoshli futbolchi bilan «Manchester Yunayted» va «Atletiko» qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz