Узбек O'zbek
Messida har mavsum yakunida «Barselona»ni tark etish huquqi bor
Juma, 06 Sentabr
4590

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi kataloniyaliklar klubini har bir mavsum yakunida tark etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

El Pais nashri xabariga ko‘ra, futbolchining ko‘k-anorranglilar klubi bilan shartnomasida futbolchi shunday huquqqa egaligi ko‘rsatilgan. Agar argentinalik futbolchi bu banddan foydalanishni istasa, u klubni bu haqda 30 iyun kuniga qadar xabardor qilishi kerak bo‘ladi. Bunday punktlar o‘z vaqtida «Barsa»ning boshqa afsonalarining shartnomalarida ham ko‘rsatilgandi — Karles Puyol, Xavi va Andres Inesta.

Shu bilan birgalikda, katalonlar klubidagilar argentinalik futbolchi bu huquqidan keyingi yil yozida foydalanishi mumkinligidan xavotir olishmayapti. «Kamp Nou»dagilarning hisoblashicha, 32 yoshli hujumchi hamon o‘zini yuqori sport formasida deb hisoblaydi va bundan keyin ham jamoada to‘p surishni davom ettirmoqchi.

Joriy mavsumda Messi boldir muskullaridagi jarohatini davolayotgani uchun jamoasi o‘yinlarida ishtirok eta olmadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz