Узбек O'zbek
Kokorin va Mamayev ozodlikka chiqariladi
Juma, 06 Sentabr
6174

«Zenit» hujumchisi Aleksandr Kokorin va «Krasnodar» yarimhimoyachisi Pavel Mamayev sud qaroriga ko‘ra ozodlikka chiqadigan bo‘ldi.

Avvalroq advokatlar futbolchilarni shartli ravishda ozod qilish haqida sudga iltimosnoma kiritishgan edi. 6 sentyabr kuni Moskva shahrida o‘tkazilgan sud mahkamasida bu iltimosnoma qanoatlantirildi.

Rossiya qonunchiligiga asosan sud hukmi 10 kundan keyin kuchga kiradi. Shu tufayli Kokorin va Mamayev 17 sentyabr kuni Belgorod viloyatidagi qamoqxonadan ozod etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kokorin va uning ukasi Kirill, Mamayev va uning do‘sti Aleksandr Protasovitskiy 2018 yil 8 oktyabr kuni Moskva markazida 2ta mushtlashuvda ishtirok etib, Minpromtorg mulozimi Denis Pak va haydovchi Vitaliy Solovchukni do‘pposlashgan edi.

8 may kuni Moskvaning Presnya sudi aka-uka Kokorinlarni 1 yilu 6 oy, Mamayev va Protasovitskiyni 1 yilu 5 oylik qamoq jazosiga mahkum qildi. Futbolchilarning oktyabr – noyabr oylarida ozodlikka chiqishi kutilayotgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz