Узбек O'zbek
Italiya Yevropa chempionati saralashlarida 13 yildan beri yutqazmayapti
Juma, 06 Sentabr
1498

Italiya Yevro-2020 saralashidan o‘rin olgan Armanistonga qarshi o‘yinda g‘alaba qozondi (3:1).

Shu tariqa Italiyaning Yevropa chempionatlari saralashlaridagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 35ta o‘yinga yetdi: 26 g‘alaba va 9 durang. Bu rekord sanaladi deb xabar beradi Gracenote Live. 

Apennin yarimoroli jamoasi saralash bosqichi doirasida so‘nggi marta 2006 yil 6 sentyabrda Fransiyaga yutqazgan (1:3).

Italiya Yevro-2020 saralashida 5-turdan so‘ng 15 ochko to‘plab, J guruhida peshqadamlikni davom ettirmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz