Узбек O'zbek
Kosta-Rika bosh murabbiyi g‘alati sabab tufayli lavozimini tark etadi
Payshanba, 05 Sentabr
7172

Kosta-Rika milliy jamoasining urugvaylik bosh murabbiyi Gustavo Matosas juda ham zerikib ketgani sababli lavozimini tark etishini aytdi.

«Milliy jamoa bosh murabbiyi bo‘lish juda ham zerikarli ish ekanini bilmasdim. Eng qiyin tomoni – futbolchilar bilan har kuni ishlay olmaysan. Bu ishimning samarasini sezmayapman. Ba’zan o‘zimni xuddi ta’tilda yurgandek his qilaman. Futbolchilar bilan har ikki oyda 1 hafta ishlayman xolos. 

Menga kundalik ish yuklamasi yetishmayapti. Shu tufayli vaqtimni kino ko‘rish yoki videoo‘yinlar bilan o‘tkazyapman. Bu menga kerak emas. Urinib ko‘rdim va bunday ish men uchun emasligini tushundim», - dedi Matosas.

Kosta-Rika milliy jamoasi Matosas qo‘l ostida yozda o‘tkazilgan KONKAKAF Oltin Kubogi chorakfinaligacha yetib borib, Meksika milliy jamoasiga penaltilar seriyasida yutqazdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz