Узбек O'zbek
Jeparov: «Himoyaviy o‘yin O‘zbekiston milliy jamoasi uchun emas»
Payshanba, 05 Sentabr
2442

O‘zbekiston milliy jamoasi va «Metallurg» klubi yarimhimoyachisi Server Jeparov bosh murabbiy Ektor Kuperning uslubini tanqid qildi.

Milliy jamoa tarkibida eng ko‘p (126) marta maydonga tushgan tajribali futbolchi fikriga ko‘ra, himoyaviy o‘yin bizga xos emas.

«Himoyaviy o‘yin O‘zbekiston milliy jamoasi uchun emas. Biz hujumkor o‘yinni namoyish qilishimiz lozim. Bu futbolchilarga ham, muxlislarga ham yoqadi. O‘zbekiston milliy jamoasi o‘yin uslubini o‘zgartirishi kerak.

2006 yilda Qatarda o‘tkazilgan Osiyo chempionatini eslang. Biz hujumkor o‘yin namoyish qilib, to‘pni nazorat qilib, tarixdagi eng yaxshi natijaga erishganmiz. Bunday o‘yindan hatto o‘zimiz ham zavqlanib, qoniqish xosil qilganmiz. Aynan shunday uslub muxlislarga yoqadi», - dedi Jeparov «Sport» telekanali efirida.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz