Узбек O'zbek
Skolari iste’foga chiqarildi
Seshanba, 03 Sentabr
5417

Braziliyaning «Palmeyras» klubi bosh murabbiy Luis Felipe Skolari va uning murabbiylar shtabini ishdan bo‘shatdi. Buni klub rasmiy sayti xabar qildi.

70 yoshli mutaxassis jamoani 2018 yildan beri boshqarib kelayotgandi. U faoliyati davomida 3 marta «Palmeyras» bosh murabbiyi bo‘lib ishlagan. O‘tgan mavsumda jamoa uning boshchiligida mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan edi.

Bu mavsumda «Palmeyras» ketma-ket 7 o‘yindan beri g‘alaba qozona olmayapti. Jamoa turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi.

Shuningdek, klub Libertadores Kubogining 1/4 finalida ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Gremio»ga mag‘lub bo‘lib, turnirdan chiqib ketdi.

«Palmeyras» bosh murabbiyligiga Braziliyaning yana bir sobiq bosh murabbiyi Mano Menezes tayinlandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz