Узбек O'zbek
Neymar va «Barselona» sudlashadi
Seshanba, 03 Sentabr
16467

«PSJ» hujumchisi Neymar va «Barselona» bir-birini sudga berdi. AS nashri ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi fransuzlar klubiga o‘tishidan oldin katalonlar jamoasidan 40 mln yevro miqdorida bonus olishi kerak bo‘lgan (bonus u 2016 yilda jamoa bilan shartnomani yangilagani uchun berilishi kerak bo‘lgan). Unga faqat 14 mln yevro berilgan, u 2017 yil yozida «PSJ»ga o‘tib ketgach, pulning qolgan qismini bermaslikka qaror qilishgan. Endi futbolchi pulning qolgan qismini - 26 million yevro va 10 foizlik kompensatsiya talab qilmoqda. 

O‘z navbatida, shu yozda Neymarni ortga qaytarishga uringan va yakunda maqsadiga erisha olmagan «Barselona» ham futbolchi kelishuvni buzganini da’vo qilib, 75 mln yevro undirmoqchi. «PSJ»ga o‘tishidan oldin futbolchining shartnomasi rekord darajadagi 222 mln yevroga sotib olingandi.

Bu ish avval ikki marta kechiktirilgandi. Avvaliga sud eshituvi 2019 yilning 31 yanvariga belgilangan, ammo so‘nggi pallalarda muddat ortga surilgandi. Keyingi sud eshituvi 21 martga tayinlangan, ammo Neymarning advokatlari «PSJ» bilan shartnomani taqdim etishdan bosh tortishgandi. Hakam o‘shanda sud eshituvini 27 sentyabrga qoldirgandi. Ikki tomon ham sudga chaqirilgan, bu safar «PSJ» klubi prezidenti Nosir Al-Xelayfi ham ko‘rsatma berishga kelishi kutilmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz