Узбек O'zbek
Bartomeu — Neymar transferi haqida: «Biz hammaga kulgi bo‘lmoqchi emasmiz»
Seshanba, 03 Sentabr
10482

«Barselona» prezidenti Xosep Mariya Bartomeu «PSJ»ning Neymar uchun talablarini haddan tashqari yuqori deb hisoblaydi. Fransuzlar klubi braziliyalik futbolchi uchun 150 mln yevroga qo‘shib himoyachi Jan-Kler Todibo, yarimhimoyachi Ivan Rakitich va hujumchi Usmon Dembele ijaraga berilishini so‘ragandi. 

«Barchasi tugadi. Biz butun dunyo futboliga kulgi bo‘lmoqchimasmiz», — deya Bartomeuning so‘zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo.

Eslatib o‘tamiz, yozda Neymar «PSJ»ni tark etish istagini bildirgandi. Forvard uchun asosiy da’vogarlar «Barselona», «Real» va «Yuventus» bo‘ldi. Katalonlar klubi so‘nggi kungacha braziliyalik futbolchini qaytarish uchun harakat qildi. Ammo muzokaralar yakunida tomonlar transfer shartlari bo‘yicha kelishuvga erisha olishmadi. 

Neymar 2018/19 yilgi mavsumda parijliklar jamoasining barcha turnirlar doirasidagi 28 uchrashuvida ishtirok etib, 23 gol urdi va 13 golga uzatma berdi. Uning fransuzlar klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil yoziga qadar tuzilgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz