Узбек O'zbek
Shomurodov: «Shalke» menga qiziqayotganini internetdan bildim»
Dushanba, 02 Sentabr
6761

«Rostov» hujumchisi Eldor Shomurodov unga Bundesliga vakili «Shalke» qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. «Sport» telekanali orqali jonli efirda olib berilgan O‘zbekiston Kubogi yarim final juftliklarini aniqlash qur’a marosimida qatnashgan Shomurodov bu borada OAVdan bilganini aytdi.

«Bu jamoadan qiziqish bo‘layotganini internetda o‘qidim. Lekin hozircha ketish haqida o‘ylayotganim yo‘q. Murabbiy Valeriy Karpin Rossiya chempionatida to‘purar bo‘lsam, takliflar o‘zi kelishini aytdi. O‘zim ham hali ketish niyatim yo‘q. Shartnomam ham oz emas, 5 yilga mo‘ljallangan».

Eldor O‘zbekiston chempionati o‘yinilarini kuzatib borayotgani haqida ham fikr bildirdi: «O‘yinlarni imkon borida ko‘rib boryapman, bo‘lmasa internetda natijalar bilan tanishaman. Hozir «Paxtakor»ning o‘yinlari yoqyapti», — dedi qur’a jarayonida qantashgan Eldor.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz