Узбек O'zbek
Ibrahimovich golli seriya qayd etmoqda. U bu mavsum 23 o‘yinda 23ta gol urdi
Dushanba, 02 Sentabr
1803

«Los-Anjeles Gelaksi» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich MLS`ning «Sietl Saunders»ga qarshi o‘yinida (3:4) gol urib, jamoasining boshqa yana bir goliga hammuallif bo‘ldi.

Ibra Sietldagi bahsning 66-daqiqasida jamoasining ilk golini urib, hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi. O‘n daqiqa o‘tgach, samarali pas bilan hisob tenglashishiga hissa qo‘shdi. Murosasiz uchrashuvda mezbonlar 89-daqiqada gol urib, 4:3 hisobi bilan g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, 37 yoshli shved chempionatdagi golli seriyasini 4ta o‘yinga yetkazdi. U bundan avvalgi uchta turda ketma-ket dubl qayd etib kelayotgan edi.

MLS`ning bu mavsumidagi 23ta o‘yinda 23ta gol urgan Ibrahimovich to‘purarlar reytingida Jozef Martines («Atlanta Yunayted») bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Ammo Zlatan Jozefdan ikkita kam o‘yin o‘tkazgan.

Ro‘yxatni «Los-Anjeles»ning 26 o‘yinda 27ta gol urgan hujumchisi Karlos Vela boshqarib bormoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz