Узбек O'zbek
Fernando Lorente italyan grandi bilan shartnoma imzoladi
Dushanba, 02 Sentabr
3197

Hujumchi Fernando Lorente rasman «Napoli» a’zosiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy saytida ma’lum qilindi.

34 yoshli ispan o‘tgan mavsum oxirida «Tottenhem»ni tark etib, erkin agentga aylangan edi.

U «Yuventus»ni tark etganidan to‘rt yil o‘tib, A Seriyaga qaytmoqda.

Hozircha Lorentening Neapol klubi bilan bitimi shartlari ma’lum emas. OAVda tomonlar ikki yillik shartnoma va 2,5 mln yevro yillik maosh bo‘yicha kelishishgani aytilmoqda.

Yoz davomida Fernandoni o‘z safiga qo‘shib olish uchun «Fiorentina» va «Manchester Yunayted» ham kurash olib borgan bo‘lib, ulardan tashqari «Tottenhem» ham uni qaytarish variantini ko‘rib chiqqan.

Ma’lumot uchun, hujumchi faoliyati davomida «Baskoniya», «Atletik», «Yuventus», «Sevilya», «Suonsi» kabi klublarda ham to‘p tepgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz