Узбек O'zbek
Kulibali uzr so‘radi
Yakshanba, 01 Sentabr
5779

«Napoli» himoyachisi Kalidu Kulibali «Yuventus»ga qarshi o‘yindan so‘ng (3:4) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, senegallik futbolchi hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi va jamoasining mag‘lubiyatiga sababchi bo‘lib qoldi.

«Bu avtogol menga yomon ta’sir qildi, chunki u ajoyib kambekdan so‘ng sodir bo‘ldi («Napoli» 0:3 hisobini tenglashtirishga erishgandi).

Men uzr so‘rayman. Ammo buni qabul qilishimiz kerak, biz kuchlimiz. Buni ko‘rsata oldik va hali yana ko‘rsatamiz», – deb yozadi Kulibali o‘z «tvitter»ida.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz