Узбек O'zbek
La Liga. «Barselona» safarda ochko yo‘qotdi
Shanba, 31 Avgust
3764

Ispaniya chempionatida 3-turdan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi. 

«Barselona» safarda «Osasuna» bilan bellashdi. Bahs 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

Qayd qilish joizki, «Barselona» yetakchisi Lionel Messi va hujumchisi Luis Suares jarohati tufayli bu o‘yinda ishtirok etolmadi.

Bu natijadan so‘ng, «Barselona» hisobida 4 ochko, «Osasuna» hisobida 5 ochko bor.

La Liga, 3-tur
Osasuna – Barselona 2:2 (1:0, 1:2)

31 avgust, «El-Sadar» stadioni
Gollar: 1:0 – 7 Roberto Torres, 1:1 – 51 Fati, 1:2 – 64 Artur, 2:2 – 81, penalti Roberto Torres. 
Osasuna – Ruben Martines, Estupinyan, David Garsiya, Vidal, Aridane, Merida (Monkayola, 71), Oyer Sanxurxo, Roberto Torres, Ruben Garsiya (Ibanes, 65), Chimi Avila, Brandon (Vilyar, 78).
Barselona – ter Stegen, Pike, Semedu (Fati, 46), Langle, Serji Roberto, Rafinya (Artur, 53), de Yong (Vidal, 82), Karles Peres, Buskets, Alba, Grizmann.
Ogohlantirishlar: Merida (13), Serji Roberto (32), de Yong (37), Brandon (43), Pike (82), Monkayola (90), Langle (90).

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz