Узбек O'zbek
«Monako» Ikardi transferi masalasida «Inter» bilan kelishuvga erishdi
Juma, 30 Avgust
3069

«Monako» «Inter» bilan hujumchi Mauro Ikardi transferi masalasida kelishib oldi, deb xabar beradi jurnalist Janluka Di Marsio.

Manbaning xabariga ko‘ra, Italiya klubi 26 yoshli argentinalikni 65 mln yevroga «Monako»ga qo‘yib yuborishga tayyor, ammo futbolchining o‘zi yiliga 10 mln yevro maosh taklif qilinishiga qaramay, klubdan ketishni istamayapti.

Bungacha «neradzurri» bosh murabbiyi Antonio Konte Ikardini jamoada ko‘rishni xohlamayotganligi haqida aytilgandi. Unga «Yuventus», «Napoli», «Roma» va «Monako» qiziqmoqda.

Ikardi «Inter» safiga 2013 yili kelib qo‘shilgan. U o‘tgan mavsumda barcha turnirlar doirasida 37ta o‘yin o‘tkazib, 17ta gol urgan va 5ta golga assistentlik qilgan. Hujumchining Milan klubi bilan shartnomasi 2021 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz