Узбек O'zbek
Suares va Kavani qachon safga qaytishi ma’lum qilindi
Chorshanba, 28 Avgust
1715

Urugvay milliy jamoasi hujumchilari Luis Suares va Edinson Kavani jarohat bois bir oyga yaqin vaqt davomida o‘z jamoalari yordam bera olishmaydi.

Ma’lumotlarga qaraganda, ularning jarohati turlicha bo‘lsa-da, ikkalasi ham 3-4 haftaag safdan chiqqan.

«Barselona» hujumchisi La Liganing ilk turidagi «Atletik» bilan o‘yinda (0:1) shikastlangan, «PSJ» a’zosi esa Fransiya chempionatining 3-turidagi «Tuluza» bilan bahsda (4:0) jarohat olgan.

Ma’lumot uchun, Urugvay milliy jamoasi sentyabrdagi FIFA kunlarida Kosta-Rika va AQSH termalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, «PSJ»-«Tuluza» o‘yinida mezbonlarning boshqa bir hujumchisi Kilian Mbappe ham lat yegan, uning ham tiklanishi uchun 3-4 hafta vaqt kerak bo‘lishi aytilgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz