Узбек O'zbek
Messi katta ehtimol bilan La Liganing navbatdagi turini ham o‘tkazib yuboradi
Chorshanba, 28 Avgust
2420

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi mavsumoldi mashg‘ulotlarida olgan jarohatidan tiklanishda davom etmoqda.

Bugun futbolchi individual dastur bo‘yicha mashg‘ulotlarni davom ettiradi. Bu degani, Messi «Osasuna»ga qarshi 3-tur o‘yinidan oldin jamoa bilan ikkita mashg‘ulot o‘tkazadi, xolos.

Bundan tashqari «ko‘k-anorranglilar» bosh murabbiyi Ernesto Valverde Messining sog‘ligi bilan tavakkal qilishni va uni tez tiklanishga majburlashni istamaydi. Katta ehtimol bilan Messiga milliy jamoalar o‘yinlari tufayli yuzaga keladigan tanaffusdan so‘ng umumiy guruhga qaytishga ruxsat berishadi.

Shunday qilib, Leoning ixtiyorida to‘liq sog‘ayishi va formasini tiklashiga ikki hafta vaqt bor. Shunday bo‘lgan taqdirda, Messi 15 sentyabr kuni «Valensiya» bilan bo‘lib o‘tadigan 4-tur uchrashuvida maydonga qaytadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz