Узбек O'zbek
Shou kamida bir oyga safdan chiqdi
Seshanba, 27 Avgust
2479

«Manchester Yunayted» himoyachisi Lyuk Shou jarohat tufayli bir oydan ortiq davomida jamoasiga yordam bera olmasligi mumkin.

The Times nashri xabar berishicha, unga tizza ostidagi paylar cho‘zilishi tashxisi qo‘yilgan.

Yaqin vaqtlar ichida 24 yoshli futbolchi qo‘shimcha tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Daily Mail, nashri ma’lumotiga ko‘ra, angliyalik futbolchi 5 hafta davomida maydonga tusha olmaydi.

Shou APLning 3-turida «Kristal Pelas»ga qarshi kechgan (1:2) o‘yinda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan, ammo o‘yinning 34-daqiqasida jarohat olib maydonni tark etishga majbur bo‘lgan.

Shou «Manchester Yunayted»ga 2014 yili «Sauthempton»dan o‘tgandi. Joriy mavsumda u chempionatning 3 uchrashuvida maydonga tushdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz