Узбек O'zbek
Falastinning O‘zbekistonga qarshi tarkibida Ispaniya va Shveysariya chempionatlarida to‘p tepadigan futbolchilar bor
Seshanba, 27 Avgust
5098

Falastin milliy jamoasi JCH-2022 saralashi doirasidagi O‘zbekiston va Singapurga qarshi o‘yinlar uchun tashkil etilgan yig‘inga 28 nafar futbolchini chaqirdi.

Ular orasida Ispaniya, AQSH, Misr, Marokash va Shveysariya chempionatlarida to‘p tepadigan o‘yinchilar ham bor.

Falastin milliy jamoasiga chaqirilgan futbolchilar quyidagilar:

Darvozabonlar: Tovfiq Ali (Al-Am’ariy), Romiy Hamadiy (Hilol Al-Quds), Naim Abu Akir (Ahliy Al-Halil)

Himoyachilar: Musa Faraviy (Hilol Al-Quds),  Abdulatif Bahdariy (Markaz Balata), Yosir Hamid Mayor (Portugalete – Ispaniya),  Abdulloh Jobir (Hilol Al-Quds), Ahmad Zurayqiy (Markaz Balata), Musa Salim (Shabab Al-Halil), Valid Qambar (Jabal Al-Mukabir)

Yarimhimoyachilar: Haysam Xayrulloh (Palestinian Forses), Ahmad Abu Hadija (Al-Bira), Mahmud Abu Varda (Markaz Balata), Muhammad Rashid (Al-Bira),  Muhammad Yamin,  Muhammad Darvish (ikkalasi – Hilol Al-Quds), Shodiy Sha’bon (Ahli Al-Halil), Nazmiy Albadaviy (Nors Karolina - AQSH), Tamir Siam (Hasania Akadir – Marokash), Samih Maroba (Al-Am’ari), Islom Batron (Al-Jazira)

Hujumchilar: Mahmud Vadiy (Al-Masriy – Misr),  Holid Salim (Markaz Balata), Solih Shihada (Tun - Shveysariya), O‘day Dabbag‘ (As-Salmiya).

Eslatib o‘tamiz, Falastin milliy jamoasi 5 sentyabr kuni O‘zbekiston bilan o‘z maydonida, 10 sentyabr kuni Singapur bilan safarda bellashadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz