Узбек O'zbek
Messi «Betis»ga qarshi o‘yinni ham o‘tkazib yuboradi
Yakshanba, 25 Avgust
3783

«Barselona» hujumchilari Lionel Messi, Luis Suares va Usmon Dembele Ispaniya chempionatining 2-turida «Betis»ga qarshi kechadigan o‘yin zayavkasiga kiritilmadi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar qilingan.

Forvardlar jarohatlardan tiklanish jarayonini davom ettirishmoqda. Bir necha hafta oldin qo‘lini jarohatlab olgan Neto ham hamon lazaretda qolmoqda.

«Barselona» zayavkasiga 16 yoshli hujumchi Ansu Fati kiritilgan. Murabbiylar shtabi qaroriga ko‘ra, bu o‘yinda himoyachilar Todibo va Vage, shuningdek yarimhimoyachi Alenya maydonga tushmaydi.

O‘yin uchun zayavka:

Darvozabonlar: ter Shtegen, Penya

Himoyachilar: Semedu, Pike, Langle, Alba, Umtiti, Firpo

Yarimhimoyachilar: Rakitich, Buskets, Artur, Rafinya, Roberto, de Yong, Vidal

Hujumchilar: Grizmann, Fati

«Barselona» — «Betis» uchrashuvi 25 avgust kuni kechqurun bo‘lib o‘tadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz