Узбек O'zbek
Manba: «Liverpul» mavsum yakunida Salohni sotishga tayyor
Yakshanba, 25 Avgust
8656

«Liverpul» 2019/20 yilgi mavsum yakunida asosiy hujumchisi Muhammad Saloh bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqda Calciomercato manbasi xabar bermoqda. 

Ayni vaqtda ushbu 27 yoshli misrlik futbolchiga «Real» tomonidan qiziqish mavjud, ammo Saloh klubda qolishni istamoqda. 

Saloh «Liverpul»ga 2017 yil yozida 42 mln yevro evaziga o‘tgandi. 2018/19 yilgi mavsumda u barcha turnirlar doirasidagi 51 uchrashuvda maydonga tushib, 26 gol urdi va 13 golga uzatma berdi. Joriy mavsumda Saloh Angliya Premer-ligasining 3ta o‘yinida maydonga tushib, o‘z hisobiga 3ta gol yozib qo‘ydi.

«Liverpul» 3ta o‘yinda 9 ochko jamg‘argan holda chempionat turnir jadvadida 1-o‘rinda bormoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz