Узбек O'zbek
A Seriyada quvlashmachoq. «Napoli» 3ta gol o‘tkazib g‘alaba qozondi
Yakshanba, 25 Avgust
4932

Italiya chempionatining 1-turida «Fiorentina» «Napoli»ni qabul qildi. Florensiyadagi «Artemio Franki» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 3:4 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi.

O‘yinning 9-daqiqasida Erik Pulgar penaltidan unumli foydalanib hisobni ochgandi. Bo‘lim yakunigacha Dris Mertens va Insine (penalti) bittadan gol urib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqishdi. Ikkinchi bo‘lim boshida mezbonlar himoyachisi Nikola Milenkovich Pulgarning pasidan keyin hisobni tenglashtirishga erishdi. Lekin bir necha daqiqa o‘tib Xose Kalexon «Fiorentina» darvozasini ishg‘ol qildi, uni Insine golli pas bilan ta’minladi. 65-daqiqada Kevin-Prins Boateng gol urib, yana hisob tenglashdi. Ammo 67-daqiqada Insine yana gol urib, «Napoli»ga g‘alaba keltirdi.

2-turni «Napoli» 31 avgust kuni «Yuventus»ga qarshi safarda o‘tkazadi.

Italiya chempionati. A Seriya
1-tur
«Fiorentina» — «Napoli» — 3:4
(1:2)
Gollar: Pulgar, 9 — penalti (1:0). Mertens, 38 (1:1). Insine, 42 — penalti (1:2). Milenkovich, 51 (2:2). Kalexon, 56 (2:3). Boateng, 65 (3:3). Insine, 67 (3:4).
«Fiorentina»: Drongovski, Petssela, Venuti, Lirola, Milenkovich, Badel (Benassi, 73), Kastrovilli, Pulgar, Keza, Vlaxovich (Boateng, 61), Sottil (Riberi, 77).
«Napoli»: Meret, Manolas, Mariu Ruy (Gulyam, 71), Kulibali, Di Lorenso, Allan (Elmas, 71), Zelinski, Ruis, Kalexon, Mertens (Xyusay, 84), Insine.
Ogohlantirishlar: Kalexon, 19. Allan, 19. Mariu Ruy, 24. Zelinski, 90+1. Boateng, 90+3. Petssela, 90+5.
Hakam: Massa (Italiya).
24 avgust. Florensiya. «Artemio Franki» stadioni.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz