Узбек O'zbek
«MEDIA.UZ» futbol haftaligining 1-tur natijalari: 43ta gol, 8ta yirik g‘alaba va 1ta durang
Shanba, 24 Avgust
1535

23-29 avgust kunlari o‘tkaziladigan «MEDIA.UZ» futbol haftaligi doirasida 1-tur o‘yinlari o‘tkazildi. 

Yakkasaroy tumani jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga qarashli sobiq «Tekstilchilar» stadionida o‘tkazilgan o‘yinlarning birinchi kunida jamoalar umumiy hisobda 43ta gol kiritishdi, 8ta o‘yinda yirik hisob qayd etildi. Bundan tashqari ikki jamoaga turli sabablarga ko‘ra texnik mag‘lubiyat yozildi. 

Kun.uz sayti ilk turda Yoshlar ittifoqi jamoasiga qarshi maydonga tushib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Dastlab Kun.uz sayti jamoasi a’zosi Ma’rufjon Asqarov Devid Bekxem uslubida raqib jamoa darvozasining yuqori to‘qqizligiga joylab  xisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalariga kelib Kun.uz sayti jamoasi hujumchisi Rahmatillo Isroilov ketma-ket urilgan gollari evaziga jamoa muvaffaqiyatini mustahkamladi. Uchrashuv so‘ngi daqiqalarida Yoshlar ittifoqi jamoasi hisobni biroz bo‘lsa-da qisqartirishga erishdi va o‘yin shu hisobda yakun topdi.

2- va 3-tur o‘yinlari 24 avgust kuni o‘tkaziladi. 

Barcha natijalar bilan quyida tanishishingiz mumkin:

A guruhi

Milliy kutubxona – Zo‘r TV 0:1
O‘qituvchi – O‘FA 2:5

B guruhi

Vatanparvar – O‘zA-Yoshlar ovozi 1:4
MY5 – O‘zbekiston NMIU 2:4

C guruhi

Kabel TV – Sevimli TV 0:4
Sharq – Movarounnahr 4:0

D guruhi

MTRK – Daryo.uz 3:0 (texnik mag‘lubiyat)
Yoshlar ittifoqi Media - Kun.uz 1:3

E guruhi

G‘ofur G‘ulom – AOKA 3:0
Dunyo AA – Sport TV 0:3

F guruhi

OKMB – Milliy TV 0:0
O‘zReport – Blogerlar jamoasi 3:0 (texnik mag‘lubiyat)

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz