Узбек O'zbek
«Betis» murabbiyi: «Umid qilamanki, Messi shamollab qoladi»
Shanba, 24 Avgust
3460

«Betis» bosh murabbiyi Rubi La Liga 2-turidan o‘rin olgan «Barselona»ga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

«Menimcha Messi ilk daqiqalardan maydonga tushadi. Bu mening fikrim.

Ammo uning jarohat olishini emas, shamollab qolishini va o‘yinda ishtirok etmasligini afzal ko‘rardim.

Biz o‘yinga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim. Chunki ularning har bir futbolchisi kuchli. Agar raqibga hurmat saqlagan holda maydonga tushsang, 0:1 hisobida yutqazasan. Qo‘rqmasdan o‘ynash kerak, ammo ahmoqona xatolardan saqlanish lozim», - deb Rubi so‘zlarini keltirmoqda Goal. 

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi kichik jarohati tufayli La Liganing 1-turini o‘tkazib yuborgan edi. Uning «Betis»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi ham so‘roq ostida turibdi.

«Barselona» - «Betis» o‘yini 25 avgust kuni soat 23:55da boshlanadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz