Узбек O'zbek
Hakam Laos: «Real» va «Barselona»ga yon bosmaymiz»
Shanba, 24 Avgust
2493

Ispaniyalik mashhur hakam Mateu Laos «Barselona» va «Real» o‘yinlarini boshqarganda oladigan taassurotlari haqida gapirib berdi.

«Barselona» o‘yinlarini ko‘p boshqarganman va har doim ularni hurmat qilaman. Pep Gvardiola menga shaxsan minnatdorchilik bildirgan, hakamligim yoqishini aytgan. Karles Puyol bilan ham gaplashganman.

Biroq, «Real» va «Barselona»ni qanchalik hurmat qilsam, «Xetafe» yoki «Alaves» klublari futbolchilariga nisbatan ham shunday munosabatdaman.

Hakamlar «Real» va «Barselona»ga ko‘proq xayrixoh? Unday emas», - dedi Laos.

Qayd qilish joizki, o‘tgan mavsumda «Portu» darvozaboni Iker Kasilyas Laosning Chempionlar Ligasi chorakfinalidan o‘rin olgan «Liverpul» - «Portu» (2:0) o‘yinidagi hakamligidan norozi bo‘lgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz