Узбек O'zbek
O‘zbekiston U16 jamoasi xalqaro turnirda Serbiya U16 jamoasini yirik hisobda mag‘lub etdi
Juma, 23 Avgust
3950

O‘zbekiston U16 jamoasi Rossiya poytaxti Moskva shahrida o‘tkazilayotgan «Star Way» nomli Valentin Ivanov xotira-turnirida ishtirok etmoqda.

Futbolchilarimiz dastlabki turda Turkiya o‘smirlari bilan bellashib, 2:3 hisobida yutqazishgan edi.

Ikkinchi turda Azamat Abduraimov shogirdlari Serbiya U16 jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etishdi.

O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi musobaqadagi so‘nggi o‘yinni 25 avgust kuni Rossiya o‘smirlariga qarshi o‘tkazishadi.

«Star Way» nomli Valentin Ivanov xotira-turniri
21 avgust
Turkiya U16 – O‘zbekiston U16 3:2
Gollar: O‘zturk (15), Bo‘ston (45), O‘zgener (53) - Shahzod Akramov (77), Alisher Xayrullayev (80)

23 avgust 
O‘zbekiston U16 – Serbiya U16 3:0
Gollar: Rustam Turdimurodov (5), Shaxzod Akramov (65), Sardor Xojiboyev (75)

25 avgust 
20:00 Rossiya U16 – O‘zbekiston U16

Eslatib o‘tamiz, barcha o‘yinlar Moskvadagi «Chertanovo» arenasida bo‘lib o‘tadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz