Узбек O'zbek
O‘zbekiston olimpiya jamoasining Eronga qarshi o‘yinlarga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi
Juma, 23 Avgust
3694

O‘zbekiston olimpiya jamoasi Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etadi.

Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi jamoa 28 avgustdan yig‘inga kirishadi va 10 sentyabrga qadar mashg‘ulotlar o‘tkazadi.

Bu yig‘in doirasida 2ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan. Har ikki bahsda futbolchilarimizga Eron olimpiya jamoasi raqiblik qiladi.

Dastlabki o‘yin 6 sentyabr kuni Olmaliqda, ikkinchi bahs esa 9 sentyabr sanasida «Paxtakor» stadionida o‘tkaziladi. Har ikki o‘yin ham soat 19:00da start oladi.

Lyubinko Drulovich yig‘inga jami 23 nafar futbolchini jalb etdi. 

Qayd qilish joizki, Husniddin G‘ofurov, Oybek Bozorov va Umidjon Ergashev jarohati bois, Hojiakbar Alijonov, Aziz G‘aniyev, Oston O‘runov, Doston Ibragimov esa milliy jamoa ixtiyorida ekani sabab Eron bilan o‘yinda qatnashmaydi. 

Yig‘inga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati: 
Darvozabonlar:

Abduvohid Ne’matov (20.03.2001), «Nasaf» 
Mashxurjon Muhammadjonov (21.02.1999), «Nasaf» 
Nizomiddin Ziyovutdinov (25.04.1998), OKMK

Himoyachilar: 
Dilshod Saitov (02.02.1999), «Nasaf»
Islom Qobilov (01.06.1997), «Bunyodkor»
Husniddin Aliqulov (04.04.1999), «Nasaf»
Shaxboz Jo‘rabekov (02.02. 1997), «So‘g‘diyona»
Ilhom Alijonov (05.03.1998), «Istiqlol»
Oybek Rustamov (02.04.1997), «Qo‘qon-1912» 
Ibrohim Yuldashev (05.06.1999), «Metallurg»
Sherzod Nasrullayev (23.07.1998), «Nasaf»

Yarimhimoyachilar: 
Islom Rashidxonov (22.10.1997), «Nasaf»
Sharof Muxitdinov (14.07.1997), «Nasaf»
Abdulla Abdullayev (01.09.1997), «Bunyodkor»
Abrorbek Ismoilov (08.01.1998), «Surxon»
Nurillo To‘xtasinov (19.02.1997), «Bunyodkor»
Sanjar Qodirqulov (27.05.1997), «Bunyodkor»
Islom Kenjabayev (01.09.1999), «Nasaf»
Jasurbek Yaxshiboyev (24.06.1997), OKMK
Asad Sobirjonov (03.08.2000), «Buxoro»

Hujumchilar: 
Azizbek Amonov (30.10.1997), «Lokomotiv»
Mirjahon Mirahmadov (15.07.1997), «Bunyodkor»
Bobir Abdixoliqov (23.04.1997), «Nasaf»

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz