Узбек O'zbek
«Napoli» Losano transferini e’lon qildi
Juma, 23 Avgust
1363

PSV hujumchisi Irving Losano «Napoli» futbolchisiga aylandi.

Neapolliklar klubi rasmiy sayti ushbu 24 yoshli futbolchini transfer qilgani haqida e’lon qilgan. 

Losanoning transfer «Napoli»ga 38 million yevroga tushadi. PSV esa o‘z navbatida bu mablag‘ning 20 foizini futbolchining sobiq klubi «Pachuka»ga o‘tkazib beradi. Transfer uchun futbolchining agenti Mino Rayola 5 million yevro miqdorida komissiya puli oladi.

Meksikalik futbolchi «Napoli» bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi. 

OAV ma’lumotiga ko‘ra, Losano yangi klubida yiliga 4,5 million yevro miqdorida maosh oladi.

Losano Niderlandiya chempionatining o‘tgan mavsumida 30 uchrashuvda maydonga tushib, 17 gol urgan va 12 golga uzatma bergan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz