Узбек O'zbek
Marsyal: «Mashg‘ulotlarda Reshford bilan bellashamiz»
Juma, 23 Avgust
2153

«Manchester Yunayted»ning 23 yoshli hujumchisi Antoni Marsyal hujumchisi Markus Reshford bilan birgalikdagi o‘yini haqida gapirdi.

«Mashg‘ulotlarda doim kim ko‘p gol urishi borasida raqobatlashamiz. Kim yutadi? Har xil. Ba’zan u, ba’zan men.

Markus o‘yinlarda menga o‘xshab markazda harakat qilishni yaxshi ko‘radi. Men qanotlarga o‘tishga qarshi emasman, o‘yin davomida pozitsiyalarimizni o‘zgartirib turamiz.

U ba’zan o‘yinni o‘ziga olishda tashabbus ko‘rsatishidan tashvishlanmayman. Bu bizga raqib himoyasini qo‘rqitishga yordam beradi. Umid qilamanki, biz mavsum davomida hozirgi darajamizni saqlab tura olamiz», – deydi Marsyal.

Fransiyalik hujumchi APLning o‘tgan 2 turida 2ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz