Узбек O'zbek
16 yoshli Lionel Messi Norvegiya klubi bilan shartnoma imzoladi
Juma, 23 Avgust
4962

Norvegiya uchinchi divizioni vakili «Yunkeren» klubi 16 yoshli Lionel Messi bilan shartnoma imzoladi. 

Aslida u Daniel Are Knutsen bo‘lib, avvalroq «Barselona» hujumchisi Lionel Messining o‘yinidan hayratga tushib, o‘z ismi sharifini o‘zgartirgan edi.

«Lionel Messi – eng sevimli futbolchim va ma’lum vaqtgacha uning ismini olib turishni rejalashtirganman. Ammo o‘z o‘yinimni namoyish qilish uchun bor kuchimni sarflayman. Unga biroz o‘xshab ketishimni sezish mumkin, biroq iqtidorim uniki kabi katta emas», — deb norvegiyalik futbolchi so‘zlarini keltirmoqda VG.

«Avval bizga Krishtianu Ronaldu kerakligi haqida hazil qilgan edim. Messi birinchi navbatda yoshlar jamoasida to‘p tepadi. Ammo umid qilamizki, yakunda asosiy jamoaga o‘tishga erishadi», — dedi «Yunkeren» bosh direktori Runar Bo Eriksen.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz