Узбек O'zbek
Ronaldu Messi bilan raqobati haqida gapirib, u bilan tushlik qilishga tayyorligini aytdi
Payshanba, 22 Avgust
10083

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldudan «Barselona»dagi hamkasbi Lionel Messi bilan raqobati to‘g‘risida fikr bildirishni so‘rashdi.

«Uning karerasiga haqiqatan ham tan beraman. Ispaniyadan ketganimni xursandchilik bilan qabul qilmaganini aytgandi, chunki oramizdagi raqobatni u ham qadrlardi.

O‘rtamizdagi raqobat yaxshi narsa, lekin bu faqat futboldagina mavjud emas. Basketbolda Maykl Jordanning raqiblari bo‘lardi, Formula-1`da esa Ayrton Senna va Alen Prost…

Sportning barcha turlaridagi yirik qarama-qarshilikni birlashtirib turadigan yagona narsa – ularning barchasi sog‘lom raqobat.

Shubhasiz, Messining borligi meni yanada kuchliroq qiladi va aksincha. Men sovrinlar yutganimda, bu narsa uni ruhlantirishi kerak. Xuddi shu kabi, uning g‘alabalari menda shijoat uyg‘otishi lozim.

Messi bilan professional munosabatimiz a’lo darajada. Chunki 15 yildan buyon u bilan bir xil onlarni boshdan kechirdik.

U bilan hech qachon birga tushlik qilmaganman, lekin kelajakda nega endi unday bo‘lmasligi kerak ekan? Hech qanday muammosiz rozi bo‘lgan bo‘lardim», – dedi Ronaldu Portugaliyaning TVI radiosiga bergan intervyusida.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz