Узбек O'zbek
Messi umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi
Payshanba, 22 Avgust
909

«Barselona» cardori Lionel Messi jarohatidan tiklanib, umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi, deb xabar beradi Mundo Deportivo.

32 yoshli argentinalik yulduz 21 avgust kuni tonggi mashg‘ulotlarni alohida o‘tkazgan, kechki mashg‘ulotlarda esa umumiy guruhga qo‘shilgan. Agar yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan «Betis»ga qarshi o‘yingacha futbolchining sog‘lig‘ida muammolar bo‘lmasa, katta ehtimol bilan Leo 2-tur bahsida maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, Messi mavsumoldi mashg‘ulotlaridan birida boldir mushaklaridan jarohat olgandi. U tiklanish jarayoni tufayli AQSHdagi o‘rtoqlik o‘yinlari va La Liganing 1-turidan o‘rin olgan «Atletik»ka qarshi (0:1) bahsni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.  

Ma’lumot uchun, «Barselona» – «Betis» o‘yini 25 avgust kuni «Kamp Nou»da Toshkent vaqti bilan dushanbaga o‘tar kechasi 00:00da boshlanadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz