Узбек O'zbek
Ronaldu: «Hozir har qanday futbolchi biror karomat ko‘rsatmagan bo‘lsa ham, 100 mln yevro turadi»
Chorshanba, 21 Avgust
7531

«Yuventus» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu zamonaviy futboldagi transfer narxlari haqida salbiy fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, futbolchilarning narxlari haddan tashqari oshirilgan.

«Zamonaviy futbolda hisob-kitob qilish qiyin. Potensialga ham katta qiymat tikiladi, hozirgi futbol siyosati avvalgisidan farq qiladi. Endi har qanday o‘yinchi biror-bir karomat ko‘rsatmagan bo‘lsa ham, 100 mlnga teng.

Albatta, Joau Felish transferi bundan mustasno. Futbolda pul ko‘p. Endi darvozabon va himoyachilar 70-80 mln turishi mumkin. Men bunga qo‘shilmayman, ammo bu – biz yashayotgan dunyo. Biz uni hurmat qilishimiz kerak», – deya Ronalduning so‘zlarini keltiradi Marca.

Eslatib o‘tamiz, 19 yoshli Joau Felish Lissabonning «Benfika» klubidan Madridning «Atletiko» klubiga 126 mln yevro evaziga ko‘chib o‘tdi va transfer narxi bo‘yicha Ronalduni ortda qoldirib, tarixdagi eng qimmat portugaliyalik futbolchiga aylandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz