Узбек O'zbek
Riberi «Fiorentina»ga o‘tdi
Chorshanba, 21 Avgust
2370

«Bavariya»ning sobiq yarimhimoyachisi Frank Riberi «Fiorentina» bilan shartnoma imzolash uchun Florensiyaga keldi.

«Fiorentina»ning ko‘plab muxlislari 36 yoshli xavbekni kutib olish uchun chiqishgan.

Riberining aytishicha, «Bavariya»ga u bilan bir vaqtda kelgan sobiq jamoadoshi Luka Toni uning ayni shu klubni tanlashiga turtki bergan. Italiyalik sobiq hujumchi 2012-2013 yillarda «Fiorentina»da o‘ynagan edi.

«Bu yerdaligimdan xursandman. Oilam bilan keldim. O‘tgan hafta davomida «Fiorentina» bilan muzokara o‘tkazib, Luka Toni bilan ham maslahatlashdim. U «Fiorentina»ni chiroyli shaharda joylashgan ajoyib jamoa deb ta’rifladi», – deya Riberining so‘zlari keltirilgan jurnalist Janluka di Marsioning saytida.

Fransiyalik yulduz ertaga oqshomda yangi jamoasi bilan 2 yillik shartnomaga imzo chekadi.

Ma’lumot uchun, florensiyaliklar jamoasi o‘tgan mavsum A Seriyada 16-o‘rinni olgan, Italiya kubogida esa yarim finalgacha yetib borgandi.

2019 yil aprelida klubni ikki yil boshqargan murabbiy Stefano Pioli iste’foga chiqarilib, o‘rniga Vinchenso Montella tayinlangan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz