Узбек O'zbek
Olimlar Messi va Ronaldudan qay biri yaxshiroq futbolchi ekanini aniqlashdi
Chorshanba, 21 Avgust
33307

Leven katolik universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqot natijasida Lionel Messi hamkasbi Krishtianu Ronaldudan «yaxshiroq» futbolchi ekani aniqlandi.

Belgiyaning Sporza telekanalida ma’lum qilinishicha, olimlar Niderlandiyaning sport analitikasiga ixtisoslashgan SciSports kompaniyasi tomonidan 2013-2018 yillarda to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilib chiqishgan.

«Tadqiqotda VAEP formulasi qo‘llangan bo‘lib, bu futbolchilarning maydondagi barcha xatti-harakatlari – ham hujumda va ham himoyadagi o‘yiniga baho berish imkonini beradi», – deyiladi xabarda.

Yakunda Messi VAEP bo‘yicha bir o‘yinda o‘rtacha 1,21 ball to‘plagan bo‘lsa, Ronalduda bu natija 0,61ni tashkil etgan.

Tadqiqot ishtirokchilaridan biri, aspirant Tom Dekroosning so‘zlariga ko‘ra, 2015/16 yillar mavsumiga qadar ikki futbolchining ko‘rsatkichlari deyarli teng bo‘lgan, o‘sha yildan boshlab argentinalik portugaliyalikdan sezilarli darajada ilgarilab ketgan.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu o‘tgan hafta bergan intervyularidan birida uni Leodan farqlab turuvchi jihat haqida gapirgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz