Узбек O'zbek
Muhammad Saloh VAR tizimini yoqtirmasligi sababini aytdi
Chorshanba, 21 Avgust
4583

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh ushbu mavsumdan APLda ham ishlatila boshlangan hakamning video-yordamchisi (VAR) tizimiga qarshi ekanini ma’lum qildi.

«Men «VAR»ni yoqtirmayman, bu fikrim o‘zgarmaydi. Men futbolni hakamlarning xatolari va gohida o‘yinchilarning tajovuzkor harakatlari bilan yaxshi ko‘raman. Ba’zan futbolchilarni xavfli harakatlardan asrash kerak, mana shu «VAR»ni ishlatish shartligining yagona sababi. Shaxsan men futbolni hakamlarning kamchiliklari, o‘yinchilarning xatolari va boshqa narsalar bilan qabul qilaman. Bular o‘yinning qiziqarli bo‘lishiga imkon beradi.

«VAR»ning ta’siriga kelsak, endi menga nisbatan ishlatilgan qo‘polliklar uchun penalti ko‘proq beriladi. Mana ko‘rasiz!», – deb Salohning so‘zlarini keltiradi CNN.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz